Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Kayumov Xayrulla Zabixullaevich
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo'yicha o'rinbosari
Telefon:
(71) 239-14-31
Faks:
(71) 239-14-31
Elektron pochta: info@ts.rmk.uz

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Nizomga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika kengashi boshqaruvning qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashi ijro apparatining fuqarolar yig‘inlarida keksalar va fahriylar bilan ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • tuman kengash raislarining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda rahbarlik qiladi;
  • fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha va jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi, uning faoliyatini tashkil etishga uslubiy, amaliy ko‘maklashadi, tegishli ma’lumotlarni to‘playdi, uning faoliyatiga oid ma’lumotlarni tahlil qiladi;
  • fuqarolar yig‘inlari huzuridagi «Nuroniylar jamoatchilik kengashlari» faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi, respublika kengashi va Toshkent shahar hokimligi yig‘ilishlari bayonlarida belgilangan faoliyat yo‘nalishlariga oid bandlar ijrosini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashining yillik ish rejasi, Davlat dasturida faoliyat yo‘nalishiga doir belgilangan bandlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirilishini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
  • Vazirlar Mahkamasi, respublika kengashi va Toshkent shahar hokimligining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislariga ma’lumot tayyorlaydi;
  • har chorakda Toshkent shahar kengashi ish rejasiga asosan faoliyat yo‘nalishiga doir hisobotlar tayyorlanishini ta’minlaydi, har oyda Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi yuzasidan tuman kengashlari hisobotlari asosida Toshkent shahar kengashiga ma’lumot taqdim etib borilishini ta’minlaydi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar va tuman kengashlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qilinishini va ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha kengashning Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi, ish natijalarini tegishli idoralar, komissiyalar va Toshkent shahar kengashi yig‘ilishlariga kiritib boradi, ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
  • mahallalarda tomorqa imkoniyatlaridan foydalanish, dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish, chorva mollari, parrandachilikni rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, monitoringini yo‘lga qo‘yishda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or usullar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etadi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi hamda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
  • sohaga doir uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni chiqarishga mas’ul hisoblanadi;
  • konferensiyalar, seminarlar, Toshkent shahar kengashi va boshqa yig‘ilishlarga ma’lumotlar kiritadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari Nizomida belgilangan maqsad va vazifalarning to‘laqonli bajarilishini, yillik ish rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan monitoringini yuritadi;
  • o‘z xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmayotgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha Toshkent shahar kengashi boshqaruvi raisiga taklif kiritadi;
  • faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib kengashning tuman kengashlar xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlanishini tashkillashtiradi;
  • fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
  • ko‘rik tanlovlarni tashkil etadi hamda aholining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlash bo‘yicha ekologik dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • tizimda yo‘nalishga doir hisobot usulini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtirish, monitoringlar tashkil etish va ijro nazoratini ta’minlash, namunali ish natijalarini amalda keng qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
  • keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlaydi;
  • ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan 
  • oilalarlagi qariyalar, yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ular ijrosini ta’minlaydi;
  • keksa avlod vakillari, shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joylarini tartibga keltirish, ular holidan xabar olish tadbirlarini amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
  • mahalalarda keksa va faxriylar hamda nogironlarni qo‘llab-quvvatlashda birinchi navbatda pensiya, ijtimoiy va tibbiy xizmatlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlash tizimini shakllantiradi, bu ishlash tizimini barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy etadi, kerakli uslubiy tavsiyalar tayyorlashda qatnashadi;
  • mahallalarda 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti qatnashchilari shuningdek yordamga muxtoj keksalar va faxriylarga doimiy xizmat ko‘rsatish, ularning turmush tarzi, salomatligi va oilaviy sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha ishlash mexanizmini shakllantiradi, bu ishlash tizimini barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy etadi, kerakli uslubiy tavsiyalar tayyorlashda qatnashadi;
  • mahallalarda keksalar va faxriylar tomonidan jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida seminar o‘quvlar tashkil qiladi, kerakli uslubiy tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadi;
  • mahallalarda keksalar va faxriylar tomonidan mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish masalalarini ko‘rib chiqish, jinoyat sodir etgan uyushmagan yoshlar bilan ishlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlash tizimini shakllantiradi, bu ishlash tizimini barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida joriy etadi, kerakli uslubiy tavsiyalar tayyorlashda qatnashadi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarda ishtirok etadi hamda ma’ruzalarni tayyorlaydi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy sherikchilik asosida o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir amalga oshirilgan ishlar va turli tadbirlarni bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi;
  • Toshkent shahar kengashi va mahallalar tomonidan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borishda ishtirok etadi;
  • Toshkent shahar kengashi hamda mahallalarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini ta’minlashda ishtirok etadi, ushbu hamkorlikni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi;
  • bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning ilg‘or tajribalarini Kengashning rasmiy veb-saytiga, «Mahalla» gazetasi, «Mahalla ko‘zgusi» ilmiy-ommabop jurnali hamda respublikamizdagi bosma ommaviy axborot vositalari, televidenie va radio orqali muntazam ravishda yoritib borish ishlarida ishtirok etadi;
  • Toshkent shahar kengashi faoliyatini yoritishda markaziy teleradiokanallar, markaziy gazetalar bilan hamkorlik media-rejasi tuzilishini ta’minlaydi hamda uning ijrosini yo‘lga qo‘yadi;
  • ommaviy axborot vositalarida mahallalar faoliyatiga oid masalalarni tahlil etadi va haftalik ma’lumotlarni (dayjest) tayyorlashni tashkil etadi;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
  • Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli tuman kengashlarning ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Du
Se
Cho
Pa
15:00 - 17:00
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech