Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Allanazarova Norjon Jumanozorovna
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi raisining diniy-marifiy ishlari bo'yicha o'rinbosari
Telefon:
(71) 239-49-47
Faks:
(71) 239-49-47
Elektron pochta: info@ts.rmk.uz

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Nizomga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika va Toshkent shahar kengashi boshqaruvining qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashi ijro apparatining fuqarolar yig‘inlarida diniy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtiradi, ushbu yo‘nalish faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
  • tuman kengashlari raislarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi;
  • fuqarolar yig‘inlarining yarashtirish, ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalari va fuqarolar yig‘ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi, respublika kengashi va Toshkent shahar hokimligi yig‘ilishlari bayonlarida belgilangan faoliyat yo‘nalishlariga oid bandlar ijrosini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashining yillik ish rejasi, Davlat dasturida faoliyat yo‘nalishiga doir belgilangan bandlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirilishini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
  • Vazirlar Mahkamasi, respublika kengashi va Toshkent shahar hokimligining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi;
  • mahallalarda tegishli komissiyalar faoliyatining samarali tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
  • har chorakda Toshkent shahar kengashi ish rejasiga asosan faoliyat yo‘nalishiga doir hisobotlar tayyorlanishini ta’minlaydi, har oyda Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi yuzasidan tuman kengashlari hisobotlari asosida Toshkent shahar kengashiga ma’lumot taqdim etib borilishini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashi raisining yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash a’zolari, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar va tuman kengashlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qilinishini va ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha kengashning Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi, ish natijalarini tegishli idoralar, komissiyalar, Toshkent shahar va respublika kengashi yig‘ilishlariga kiritib boradi, ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or usullar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etadi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi hamda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
  • faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib tuman kengashlari xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlanishini tashkillashtiradi;
  • sohaga doir uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni chiqarishga mas’ul hisoblanadi;
  • konferensiyalar, seminarlar, Toshkent shahar kengashi va boshqa yig‘ilishlarga ma’lumotlar kiritadi;
  • o‘z xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmayotgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha Toshkent shahar kengashi boshqaruvi raisiga taklif kiritadi;
  • fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;
  • mahallalarda ibratli milliy-diniy an’analar hamda urf-odatlarni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaydi;
  • yo‘nalish doirasida qaror va tadbirlar rejasini tayyorlaydi va bajarilishini ta’minlaydi, umumlashtiradi, tahlil etadi, tuman kengashlari va fuqarolar yig‘inlarining mazkur yo‘nalishlarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi; 
  • yo‘nalish bo‘yicha qonunchilik normalari, reja, dastur, topshiriqlarni tuman kengashlari va fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishini ta’minlaydi, amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, bajarilishini nazorat qiladi; 
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashlari tizimida diniy-ma’rifiy yo‘nalishidagi ishlarni yo‘lga qo‘yadi, bu borada bosh mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
  • tuman kengashlari raislarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda bosh mutaxassislar faoliyatiga uslubiy-amaliy jihatdan ko‘maklashadi va muvofiqlashtiradi;
  • yo‘nalishga doir kengash qarorlari va boshqa hujjatlar, dastur va rejalar ijrosini ta’minlaydi, mazkur yo‘nalishda ish yuritish, rejalashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartiblarini yo‘lga qo‘yadi hamda mavjud holatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 
  • faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman kengashlarning har chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar va mavjud muammolarni yig‘adi, tahlil qiladi, ma’lumot va hisobotlarni tayyorlaydi, shu asosda mazkur yo‘nalishni takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining haftalik, oylik, choraklik ish faoliyatlari bo‘yicha, shuningdek, maslahatchi faoliyati to‘g‘risidagi Namunaviy Nizom asosida maslahatchi faoliyatiga oid ish rejalarini, hujjatlar yig‘ma jildi (nomenklaturasi)ni ishlab chiqadi;
  • fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini namunaviy nizom asosida yo‘naltirib boradi, yilning har choragida maslahatchilar faoliyatiga oid ma’lumotlarni yig‘adi, tahlil qiladi, shu asosda ularning faoliyatini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi, uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi;
  • fuqarolar yig‘inlarining Yarashtirish, Xotin-qizlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat komissiyalari, «Ota-onalar universiteti», Qaynonalar kengashi faoliyati samaradorligini o‘rganadi, ularning faoliyatiga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, ijobiy tajribalarni keng ommalashtirish yuzasidan takliflar, Toshkent shahar kengashi qarori, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshirish yuzasidan taklif kiritadi; 
  • mazkur yo‘nalishda qaror va tadbirlar rejasini tayyorlaydi 
  • va bajarilishini ta’minlaydi, fuqarolar yig‘inlarining mazkur yo‘nalishlarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashadi;
  • hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman kengashlari raislarining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari va yo‘nalish bo‘yicha bosh mutaxassislari, shuningdek, fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlarni tashkil etadi;
  • tuman kengashlar va fuqarolar yig‘inlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yadi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
  • mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi, yo‘nalishdan kelib chiqib qayd etilgan ko‘rsatkichlarni tahlil etib boradi, tahlil natijalariga ko‘ra, salbiy holatlar nisbatan ko‘p qayd etilgan holatlarda tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritadi va bajarilishini ta’minlaydi; 
  • mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan oilalar a’zolari
  • va aholi o‘rtasida profilaktik ishlarini olib borish, ularning dunyoqarashi hamda oilasidagi muhitni o‘rganish, tahlil qilish va zarur tadbirlar belgilash yuzasidan fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, ularga amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
  • oilalarning ma’naviy asoslarni mustahkamlash, ularda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;
  • to‘y-hasham va boshqa marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tuman kengashlar va fuqarolar yig‘inlari tomonidan ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi; 
  • mahallalarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta turmushning salbiy oqibatlarining oldini olish, ushbu holatlarning aksariyati oilaviy ajrimlarga olib kelayotganligini yosh oila quruvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida tushuntirish tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqadi, amaliyotga tadbiq etish yuzasidan taklif kiritadi;
  • mahallalarda ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida farzand tarbiyasida ota-ona burchi va mas’uliyatini oshirish borasida «Ota-onalar universitetlari» faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
  • mahalla maslahatchilari va maslahatchi a’zo bo‘lgan tegishli komissiyalar faoliyati samaradorligini o‘rganadi, ularning faoliyatiga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, ijobiy tajribalarni keng ommalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi. Bu borada Toshkent shahar kengashi qarori, chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; 
  • fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari o‘rtasida, shuningdek, fuqarolar yig‘inidagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazishni tashkil etadi; 
  • fuqarolar yig‘inlari xodimlari hamda jamoatchilik tuzilmalari a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish mexanizmini ishlab chiqadi, amaliyotga tadbiq etadi; 
  • fuqarolar yig‘inlariga jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirishda ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tizimli va manzilli tarzda amalga oshirilishiga ko‘maklashadi, bu borada hamkor tashkilotlarning imkoniyatlaridan unumli foydalanadi, hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
  • targ‘ibot tadbirlari uchun materiallar va fuqarolar bilan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi ishlar uchun tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi Qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • yo‘nalish bo‘yicha qonunchilik normalari, reja, dastur, topshiriqlar, tuman kengashlarning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘inlarining diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tegishli komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlarni tuman kengashlar hamda fuqarolar yig‘inlariga yetkazilishini ta’minlaydi va bajarilishini nazorat qiladi; 
  • tuman kengashlarning diniy-ma’rifiy masalalar yo‘nalishida fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yo‘nalishga doir kengash qarorlari va boshqa hujjatlar, dastur va rejalar ijrosini ta’minlaydi, mazkur yo‘nalishda ish yuritish, rejalashtirish, hujjatlar bilan ishlash tartiblarini yo‘lga qo‘yadi hamda mavjud holatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir amalga oshirilgan ishlar va turli tadbirlarni bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi;
  • Toshkent shahar kengashi va mahallalar tomonidan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borishda ishtirok etadi;
  • Toshkent shahar kengashi hamda mahallalarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini ta’minlashda ishtirok etadi, ushbu hamkorlikni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi;
  • bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning ilg‘or tajribalarini Kengashning rasmiy veb-saytiga, «Mahalla» gazetasi, «Mahalla ko‘zgusi» ilmiy-ommabop jurnali hamda respublikamizdagi bosma ommaviy axborot vositalari, televidenie va radio orqali muntazam ravishda yoritib borish ishlarida ishtirok etadi;
  • Toshkent shahar kengashi faoliyatini yoritishda markaziy teleradiokanallar, markaziy gazetalar bilan hamkorlik media-rejasi tuzilishini ta’minlaydi hamda uning ijrosini yo‘lga qo‘yadi;
  • ommaviy axborot vositalarida mahallalar faoliyatiga oid masalalarni tahlil etadi va haftalik ma’lumotlarni (dayjest) tayyorlashni tashkil etadi;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
  • Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli tuman kengashining ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.


Du
Se
Cho
Pa
Ju
15:00 - 17:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech