Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Aydaraliev Ikrom Komildjonovich
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi raisining yoshlar ishlari bo'yicha o'rinbosari
Telefon:
(71) 239-13-04
Faks:
(71) 239-13-04
Elektron pochta: info@ts.rmk.uz

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ huquqiy xujjatlar va Nizomga rioya etgan holda faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mazkur qonunchilik normalarning ijrosini ta’minlaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining qaror va farmoyishlari hamda yig‘ilish bayonlari, Respublika va Toshkent shahar kengashi boshqaruvining qaror, farmoyish, buyruq va yig‘ilish bayonlari ijrosini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashi ijro apparatining fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish, huquq-tartibot va ommaviy sportni rivojlantirish masalalari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ular ishini muvofiqlashtiradi;
  • tuman kengashlari raislarining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda fuqarolar yig‘inining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ular ishini muvofiqlashtiradi;
  • fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlarining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalari, tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyalari hamda fuqarolar yig‘inlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazlari ish faoliyatini  muvofiqlashtiradi, ushbu komissiyalar faoliyatining samarali tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;
  •   «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ijrosini ta’minlashda, Toshkent shahar va tuman kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlariga ko‘maklashadi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi, respublika kengashi va Toshkent shahar hokimligi yig‘ilishlari bayonlarida belgilangan faoliyat yo‘nalishlariga oid bandlar ijrosini ta’minlaydi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda soha faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda, Toshkent shahar va tuman kengashlarining faoliyatini samarali tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • Toshkent shahar kengashining yillik ish rejasi, Davlat dasturida faoliyat yo‘nalishiga doir belgilangan bandlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirilishini tashkillashtirishda ishtirok etadi;
  • Vazirlar Mahkamasi, respublika kengashi va Toshkent shahar hokimligining yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘ilishlar yuzasidan o‘tkaziladigan selektor va majlislarga ma’lumot tayyorlaydi;
  • har chorakda Toshkent shahar kengashi ish rejasiga asosan faoliyat yo‘nalishiga doir hisobotlar tayyorlanishini ta’minlaydi, har oyda Davlat dasturi tadbirlarining bajarilishi yuzasidan tuman kengashlar hisobotlari asosida Toshkent shahar kengashiga ma’lumot taqdim etib borilishini ta’minlaydi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar va tuman kengashlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tahlil qilinishini, ular faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
  • Toshkent shahar kengashi raisining yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash a’zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolar yig‘inlari faoliyatining doimiy-uzviy bog‘liqligini ta’minlaydi, ish natijalarini tegishli idoralar, komissiyalar, Toshkent shahar va respublika kengashi yig‘ilishlariga kiritib boradi, ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha tuman kengashlari xodimlari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlarining bilimi, malakasi, saviyasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda ilg‘or usullar asosida o‘quv jarayonlarini tashkil etadi va uslubiy yordamlar ko‘rsatadi hamda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
  • sohaga doir uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni chiqarishga mas’ul hisoblanadi;
  • konferensiyalar, seminarlar, Toshkent shahar kengashi va boshqa yig‘ilishlarga ma’lumotlar kiritadi;
  • faoliyat yo‘nalishiga doir masalalar bo‘yicha Toshkent shahar kengashi Nizomida belgilangan maqsad va vazifalarning to‘laqonli bajarilishini, yillik ish rejasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijrosi yuzasidan monitoring yuritadi;
  • o‘z xizmat vazifalarini talab darajasida bajarmayotgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha Toshkent shahar kengashi boshqaruvi raisiga taklif kiritadi;
  • faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, tuman kengashlari xodimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, tegishli axborot, ma’lumot va hisobotlar tayyorlanishini tashkillashtiradi;
  • ommaviy axborot vositalari orqali samarali targ‘ibot ishlarini keng yo‘lga qo‘yadi;
  • mahallalarda aholi, yoshlarni ma’naviy qadriyatlar, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, osoyishtalikni ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport sohalariga doir tadbirlarni amalga oshirish shuningdek, bayram va boshqa ommaviy tadbirlarni uyushtirishda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatadi, bu borada tadbirlar rejasini tayyorlaydi va bajarilishini nazorat qiladi; 
  • fuqarolar yig‘inlariga aholi orasida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning targ‘ibot usullarini ishlab chiqish va joriy qilishga ko‘maklashadi;
  • mahalla ahlining tashabbuskorligini oshirishda qulay moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratib berishda ko‘maklashadi, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • mahallalarda aholi, voyaga yetmaganlar, yoshlar o‘rtasida madaniyat va sport sohalariga doir tadbirlarni amalga oshirish, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalarini tashkil etishda fuqarolar yig‘inlariga uslubiy-amaliy yordamlar ko‘rsatadi, bu borada tadbirlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
  • yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga fuqarolarni navbatdagi chaqiruv, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish kabi tadbirlar doirasida fuqarolar yig‘inlariga uslubiy yordamlar ko‘rsatadi;
  • voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha va boshqa yoshlar va voyaga yetmaganlar yo‘nalishlariga oid komissiyalar faoliyatida ishtirok etadi hamda yo‘nalishga doir reja va dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • voyaga yetmaganlar davomati, umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini ta’lim bilan qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilar bandligini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlarining jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va monitoringini yuritadi;
  • bolalar maydonchalaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni saqlash, bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojlanishida maydonchalarning ahamiyatini targ‘ib etish, namunaviy sport maydonchalarini loyihalar asosida qurish va ta’minlash kabi tahlillarni yuritishni nazorat qiladi;
  • mahallalarda diniy ekstremizmga moyil bo‘lgan shaxslar bilan targ‘ibot ishlarini olib borish, ularning dunyoqarashi hamda oilasidagi muhitni o‘rganish, tahlil qilish va zarur tadbirlar belgilash yuzasidan fuqarolar yig‘inlariga amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatish, respublika kengashining diniy-ma’rifiy bo‘limi bilan hamkorlik qiladi;
  • fuqarolar yig‘inlari huzuridagi «Mahalla posboni» jamoat tuzilmasi faoliyatiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatib boradi, taalluqli tashkilotlar, huquq tartibot idoralari bilan hamkorlik ishlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;
  • odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va boshqa huquq-tartibot yo‘nalishlariga oid komissiyalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi faoliyati yo‘nalishiga doir reja, dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
  • fuqarolar yig‘inlarining favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishdagi ishtirokini faollashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda faoliyat jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordamlar ko‘rsatadi va monitoring qiladi;
  • Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga doir amalga oshirilgan ishlar va turli tadbirlarni bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi;
  • Toshkent shahar kengashi va mahallalar tomonidan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borishda ishtirok etadi;
  • Toshkent shahar kengashi hamda mahallalarning davlat va jamoat tashkilotlari bilan yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini ta’minlashda ishtirok etadi, ushbu hamkorlikni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlaydi;
  • bosma, elektron ommaviy axborot vositalari va teleradio kanallari orqali yoritilishini tashkil etadi jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning ilg‘or tajribalarini Kengashning rasmiy veb-saytiga, «Mahalla» gazetasi, «Mahalla ko‘zgusi» ilmiy-ommabop jurnali hamda respublikamizdagi bosma ommaviy axborot vositalari, televidenie va radio orqali muntazam ravishda yoritib borish ishlarida ishtirok etadi;
  • jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorligini mustahkamlash, bu boradagi ilg‘or tajribalarni keng yoritib borilishini tashkillashtiradi;
  • Toshkent shahar kengashi faoliyatini yoritishda markaziy teleradiokanallar, markaziy gazetalar bilan hamkorlik media-rejasi tuzilishini ta’minlaydi hamda uning ijrosini yo‘lga qo‘yadi;
  • ommaviy axborot vositalarida mahallalar faoliyatiga oid masalalarni tahlil etadi va haftalik ma’lumotlarni (dayjest) tayyorlashni tashkil etadi;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning xat va murojaatlarini o‘rganib, tahlil qiladi, ularga javob yo‘llaydi va fuqarolarni qabul qiladi;
  • Toshkent shahar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari buyrug‘iga binoan tegishli tuman kengashining ijro apparati faoliyatiga umumiy kuratorlikni hamda boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
a) Yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash yo‘nalishida:

  • yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tavsiyalarning ishlab chiqilishini va uni amaliyotga tadbiq etilishini tashkil etadi;
  • umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi o‘quvchilarning to‘liq davomatini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashda bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy sherikchilik asosida o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi.
b) Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida:

  • mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi;
  • fuqarolar yig‘inlarining jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
  • mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning qonunga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida huquq-tartibot organlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi, shuningdek, sayyor sudlar o‘tkazilishi, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan shaxslar bilan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazilishini tashkillashtirishga ko‘maklashadi;
  • fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda tuman kengashlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar ko‘lamini yanada kengaytirish choralarini belgilaydi, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladi.
v) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash yo‘nalishida:

  • fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish ishlarini tashkil etadi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;
  • Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishni ta’minlaydi;
  • fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi 
  • va amalga oshiradi;
  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi.


Du
Se
Cho
15:00 - 17:00
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech