Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashining  tashkiliy yig‘ilish 

BAYONNOMASI № 1


2017 yil 10 iyul                                                                                Toshkent shahri

 Raislik qiluvchi:

-

R.Usmanov – Toshkent shahar hokimi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi raisi

 Ishtirok etganlar:

-

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari, kengash a’zolari (ro‘yxat bo‘yicha)


KUN TARTIBI:


1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvining 2017 yil 10 iyuldagi 02-sonli Qaroriga asosan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida. 

2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi Taftish komissiyasi raisi va a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida. 

4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi boshqaruvi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

5 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi raisi, birinchi o‘rinbosari, raisning yoshlar ishlari bo‘yicha, diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Kengash kotibini tasdiqlash to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4944-sonli Farmoniga asosan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini yanada oshirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilab berilganligini hamda 2017 yil 28 iyundagi Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining ta’sis konferensiya bo‘lib o‘tganligi;   

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashining 2017 yil 5 iyulda 799-sonli guvohnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan uyushma shaklida o‘tganligi. Faoliyatining asosiy maqsadlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla insitutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish xuquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati insitutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish keng qamrovli ishlar olib borishi ko‘zda tutilganligi;

 Hududiy kengashning ijro apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4944-sonli Farmonining 3-5-ilovalariga muvofiq tasdiqlanganligi;

 Hududiy kengash o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, mustaqillik, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qilishi belgilab qo‘yilganligi;

 Hududiy kengash o‘z maqomiga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va ularning faoliyatida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishini inobatga olib, kun tartibidagi masalalar muhokamasidan kelib chiqib, yig‘ilish

QAROR QILADI:


1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi Nizomi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi tashkil etilsin va a’zolari tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashining 5 kishidan iborat Taftish komissiyasi a’zolari tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi boshqaruvi a’zolari tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashining rahbar lavozimlariga quyidagi nomzodlar tasdiqlansin:
  • Usmanov Raxmonbek Jaxongirovich – Toshkent shahar hokimi, Kengash raisi, 
  • Mirtojiev Davron Tursunovich – Kengash raisining birinchi o‘rinbosari, “Mahalla” fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi;
  • Asamov Zuxriddin Sirojiddinovich – Kengash raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • G‘ulomov Axror Aminovich – Kengash raisining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Dadaboev Baxodir Qodirjonovich– Kengash raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
  • Babajanov Sagdulla Ergashevich – Kengash ijro apparatining tashkiliy-uslubiy sho‘ba mudiri - Kengash kotibi etib tasdiqlansin.

Mazkur bayonning ijrosini ta’minlash Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari D.Mirtojiev zimmasiga yuklatilsin.


Bayonlashtiruvchi:  S.Babajanov     

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech