Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi haqida 

MA’LUMOT

1. Tashkilotning to‘liq nomi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar kengashi

2. Tashkilotning qisqartirilgan nomi
Toshkent shahar mahallalar kengashi

3. Toshkent shahar mahallalar kengashining pochta manzili
Toshkent shahri Chilonzor tumani Islom karimov ko‘chasi 55-uy, indeks 100066

4. Toshkent shahar mahallalar kengashi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4944-sonli Farmoni

5. Toshkent shahar mahallalar kengashi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va guvohnoma raqami
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar Adliya boshqarmasi  tomonidan 2017 yil 16 avgust 733-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan

6. Toshkent shahar mahallalar kengashining STIR raqami
207260394

7. Toshkent shahar mahallalar kengashining tashkiliy-huquqiy shakli va KTUT raqami
Uyushma, KTUT raqami 27287550

8. Toshkent shahar mahallalar kengashining Bank rekvizitlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh amaliyot bo‘limi, MFO 00451, OKONX: 94990, xisob raqami: 20212000200797186001

9. Toshkent shahar kengashining veb-sayti va elektron pochtasi
E-mail: info@ts.rmk.uz 
Veb-sayti: www.toshkent.mahallakengashi.uz

10. Toshkent shahar mahallalar kengashining rahbar organlari
  • Toshkent shahar kengashi konferensiyasi
  • Toshkent shahar kengashi 
  • Toshkent shahar kengashi boshqaruvi

10.1. Toshkent shahar mahallalar kengashining raisi  va saylangan sanasi
Jahongir Abidovich Ortiqxo’jayev  – O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahar    hokimi  (jamoatchilik asosida)
2017 yil 28 iyun 

10.2. Toshkent shahar mahallalar kengashi boshqaruvi raisi va saylangan sanasi
Mahmudxo’jaev Furqat Siddiqxo’jaevich
2017 yil 28 iyun
Tel: 71-239-14-90

10.3. Toshkent shahar mahallalar kengashining Taftish komisciyasi tarkibi:
  • G’aniyev Abdug’appor Ismoilovich –  Uchtepa tumani «Chamanzor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.
  • Botirxonov Abduqaxxor Axrolovich – Olmazor tumani «Yuqori Beshqo’rg’on» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.
  • Axmedov Abduraxim Raxmatovich  – Bektemir tumani «Zilol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.
  • To’xtaeva Dilfuza Baxramovna  – Shayhontoxur tumani «Yangi shahar» mahalla fuqarolar yig’ini raisi.
  • Xoliqov Sobirjon Samiqovich  – Mirzo Ulug’bek tumani «Shukur Burxonov» Mahalla fuqarolar yig’ini raisi.

11. Toshkent shahar mahallalar kengashining faoliyat sohasi
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va ularning faoliyatida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

12. Toshkent shahar mahallalar kengashining maqsadi: 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishdan iborat.

Boshqaruv organlari
Hajmi: 94.50 КБ
Format: doc

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech