Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Бектемирда қушалоқ тадбир
8 May 2019

 Бектемир тумани “Роҳат” маҳалла фуқаролар йиғини раисини (оқсоқолини) сайлаш бўйича фуқаролар вакилларининг йиғилиши бўлиб ўтди. Сайловда 145 та овоз билан “Роҳат” МФЙ раиси этиб Саидазизов Атавулла Аманович сайланди. Сайлов ҳар томонлама ошкоралик ва шаффофлик билан бўлиб ўтди.
Shuningdek saylov jarayoni Hotira va qadrlash bayrami arafasida bo‘lib o‘tganligi munosabati bilan ishchi guruh tomonidan turli ajoyib musiqali chiqishlar, raqslar bolajonlar tomonidan tayyorlanib namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan har bir vakilga 9 may loyihasi asosida bayroqli lentachalar taqib qo‘yilib, yoshi ulug‘larga gullar taqdim etish orqali fuqarolarga bayram ruhi berildi. Shuningdek, saylovga farzandi bilan tashrif buyurgan ota onalarga qulaylik yaratish maqsadida bolajonlar uchun mahsus o‘yinlar, o‘tirish joylari va tarbiyachilar nazorati yo‘lga qo‘yildi. Saylov va tadbir o‘zgacha va samimiy tarzda o‘tdi va barchaga birdek manzur bo‘ldi. Mahalla raisligiga saylangan A.Saidazizov mahalladoshlariga o‘z mahallasida qurishni rejalashtirgan mahalla uchun Arkning loyihasi bilan tanishtirdi.


Манба: кўрсатилмаган / Кўришлар: 66

Сиёсат

Сўров

Ўзингизга керакли бўлган маълумотларни сайтимиздан топа олдингизми?
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech